"Yuventus" 19 yoshli Ixattarenni "Ayaks"ga ijaraga berib yubordi. Xavbek joriy mavsumda o'yin o'tkazmadi

Alisher
31 yanv 2022
"Yuventus" yarim himoyachisi Muhammad Ixattaren faoliyatini "Ayaks"da davom ettiradi.

Turin klubi 19 yoshli xavbekni 2022 yilning 31 dekabriga qadar ijaraga berib yubordi. Bitimda xarid qilish huquqi bor.

O'yinchi "Yuve"ga o'tgan yilning yozida PSVdan o'tib, 2024/25 yilgi mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzolagan va shu zahoti "Sampdoriya"ga ijaraga berib yuborilgan edi.

Ammo, u Genuya klubida birorta ham o'yin o'tkazmadi va Turinga qaytdi.


AlisherMuallif
Manba: ajax.nl