"Yuventus" 10 mln. evro evaziga "Lill" hujumchisini sotib oldi

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2023, 20:13
Timoti Vea faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.

Turin klubi vingerni "Lill"dan sotib olganini e'lon qildi. Kelishuv 2028 yilgacha.

"Keksa sinora" ushbu transfer uchun ikki yil ichida 10,3 mln. evro to'lab beradi. Fransiya klubi bonuslardan 2,1 mln. evro olishi mumkin.

Vea so'nggi mavsum Liga 1ning 29ta o'yinida maydonga tushib, 2ta golli pas berdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: juventus.com