"Yuve" va "Tottenxem" "Shtutgart" vingeri Gonsalesga qiziqmoqda

Alisher
11 yanv 2021
"Shtutgart" vingeri Nikolas Gonsales Yevropa klublari diqqatini tortmoqda.

"Yuventus", "Tottenxem" va "Lids" klublari nemis klubi bilan 22 yoshli argentinalik futbolchi borasida aloqaga chiqdi.

Hozirda muzokaralar olib borilmoqda. "Yuventus" agar klubdan Federiko Bernardeski ketsa, uni xarid qilishi mumkin.

Argentinalik futbolchi joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic