"Yuve" Kopmeyners bo'yicha taklifni yaxshilaydi – oldinroq xavbek uchun 45 mln evro berishgandi. "Atalanta" uni 60 millionga baholamoqda

Alisher
28 iyul 2024
"Yuventus" Ten Kopmeyners bo'yicha yangi taklif tayyorlaydi.

"Byankoneri" "Atalanta" yarim himoyachisining transferi bo'yicha taklifni yaxshilaydi – oldinroq ular 45 million evro to'lashga tayyor edilar.

Bergamoliklar niderlandiyalik o'yinchini 60 million evroga baholamoqda. U Turin jamoasiga o'tishni xohlamoqda.

Ten o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia