Yurtimizga Germaniya Bundesligasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tashrif buyurishdi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2018
Avval xabar berganimizdek, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan uchrashuv chog'ida OFKning etuk mutaxassislarini yurtimizga olib kelish va ularning tajribalaridan foydalanish borasida kelishuvga erishgandi.

Ana shu kelishuvga ko'ra, bugun 8 fevral kuni yurtimizga Osiyo futbol Konfederatsiyasining mutaxassislari Joern Shlim va Marsel Isakovich tashrif buyurishdi. Bu mutaxassislar aslida Germaniya Bundesligasida faoliyat yuritishadi. OFK futbol klublarining faoliyatini rivojlantirishda Yevropa tajribasidan foydalanish maqsadida Joern Shlim va Marsel Isakovich kabi yuqori malakali mutaxassislarni Osiyo klublariga jalb qilmoqda.

OFK tomonidan yuborilgan mutaxassislar  12 fevralga qadar mamlakatimizning 4ta klubi - Paxtakor,  “Lokomotiv”, “Bunyodkor”  va “Dinamo” Samarqand klublarida bo'lishadi. Ular bu klub vakillarining licenziyalash borasida amalga oshirayotgan chora-tadbirlari bilan yaqindan tanishib, ularga o'zlarining amaliy maslahatlarini berishadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com