Yurgen Klopp muntazam kuzatib boradigan jamoalar nomini ma'lum qildi

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp bo'sh vaqtida qaysi klublar o'yinini tomosha qilishi haqidagi savolga javob berdi.

"Bo'sh vaqtim bo'ldi deguncha "Borussiya Dortmund" o'yini ko'rishni sevaman. Haligacha shu klub bilan aloqadaman. Yana 3 ta jamoani aytishim mumkin. Bular: "Manchester Siti", "Barselona" va "Tottenxem". Har doim ushbu klublar o'yinini kuzatishni yoqtiraman.

Shuningdek, "Verder" va "Maync" o'yinlarini ko'raman. Jamoa Sandro Shvarc qo'lostida yaxshi o'ynamoqda", - deydi Klopp. 


Manba: Squawka