Yurgen Klopp: "Biz uchun qiyin damlar. Ammo yigitlar o'zlarini ko'rsata olishdi"

Aziz Tukhtamuradov
21 yanv 2022
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Kiyinish xonasida barcha xursand. Qiyin o'yin. Biz uchun qiyin damlar. Ammo yigitlar o'zlarini juda yaxshi ko'rsata olishdi. 

"Arsenal" birinchi bo'limni yaxshi boshladi. Keyin biz yaxshi futbol o'ynadik va ko'plab vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo'lim ham shunga o'xshash bo'ldi. 

Biz ikkita mo'jizaviy gol urdik - Diogu Jota yonmoqda. U jamoamiz safiga kelib qo'shilganida bizga yordam bera olishini bilardik. U jamoamiz bilan birga oldinga qadam tashladi va jahon miqyosidagi hujumchiga aylandi", - dedi germaniyalik mutaxassis. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC Sport