"Yunayted"ga baribir Upamekano kerak

Mirjalol Normatov
12 noya 2020, 23:14
"Manchester Yunayted" hali ham "Leyptsig" himoyachisi Dayot Upamekanoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Manchester Evening" xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi yozgi transferlar oynasi vaqtida mankunianliklar tarkibiga o'tishi mumkin. Yodingizda bo'lsa, yozda nemis klubi fullbek uchun 60 mln evro so'ragandi. Ammo MYU yuqori narx sababli transfyerdan bosh tortgandi.

Endi esa pandemiya inqirozi sababli "Leyptsig" futbolchisining narxini tushirishga tayyor.

Ushbu mavsumda Upamekano Bundesliganing 6 o'yinida 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News