"Yunayted" Tuxelning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
4 dek 2020
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Manchester Yunayted" boshqaruvini qo'liga olishi mumkin.

"Bild" jurnalisti Kristian Falkning yozishicha, "qizil iblislar" Ole-Gunnar Sulsher bilan xayrlashgan taqdirda, germaniyalik mutaxassisni ishga jalb etmoqchi.

Kelasi yili Parijdagi shartnomasi yakunlanadigan mutaxassis ham "Yunayted"ni boshqarishga qarshi bo'lmayapti.

Ayni damda "Yunayted" APLda 9 turdan keyin 16 ochko jamg'arib, 9-o'rinni egallab turibdi. YCHLda esa jamoa o'z guruhida peshqadam hisoblanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild