Yulian Nagelsman mag'lubiyatdan so'ng fikrlarini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
8 yanv 2022
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsman "Borussiya M"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Aslida Gladbaxdan ko'ra, biz g'alabaga yaqinroq edik. Mag'lubiyat xech qachon yoqimli bo'lmaydi. Dastlabki 25 daqiqalikda biz yaxshi harakat qildik. Yanada ko'proq gol urishimiz kerak edi. Keyin esa gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda ham yaxshi o'ynadik va bir qator vaziyatlarga ega bo'ldik. Kubok o'yinidan farqli ravishda, bugun biz mag'lubiyatga loyiq emasdik", - dedi Nagelsman. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcbayern.com