Yozgi tranfer oynasida rekord darajada ko'p transfer amalga oshirildi – FIFA

Administrator
4 sen 2024
Transferlar soni bo'yicha yangi rekord o'rnatilgan.

FIFA tashkiloti yozgi transferlar oynasi yakunlari bo'yicha bayonot e'lon qildi. E'tiborga molik jihati, ushbu yozda rekord darajada ko'p transfer amalga oshirilgan – 11 ming. Bunday katta raqam tarixda ilk bor qayd etilmoqda.

Erkaklar futbolida 2024 yilning yozida amalga oshirilgan transferlar narxi 6.4 mlrd dollardan oshdi. Bu tarixda ikkinchi natija hisoblanadi. Bu boradagi rekord o'tgan yozda qayd etilgandi – 7.43 mlrd dollar. Transferlarga ishlatilgan pul bo'yicha Angliya yetakchilik qilgan – 1.6 mlrd dollardan ko'proq.

Ayollar futbolida 2024 yilning yozida 1125 ta transfer qayd etilgan. Bu o'tgan yilgi ko'rsatkichdan 30% ga ko'proqdir. Transferlarning umumiy narxi esa 6.8 mln evroni tashkil etib, rekord o'rnatdi.


AdministratorMuallif
Manba: fifa.com