Yorqin Nazarov: "Yigitlarimga hech qanday etiroz yo'q"

Narzulla Saydullayev
18 mar 2023, 17:47
Coca Cola Superliganing 3-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Neftchi" (0:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalambor "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, birinchi taymda gol o'tkazgan vaziyatda koncentraciyani yo'qotib qo'ydik. O'sha vaziyatda sal e'tiborliroq bo'lishimiz kerak edi. Butun o'yin bo'yicha olsak yigitlarga hech qanday etiroz yo'q, o'ynashmoqda, omad kelmayapti. Shu bois, ishlash kerak, boshqa hech narsa ko'rmayapman", - dedi Yorqin Nazarov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia