Yorqin Nazarov: "Nimchorak finalda O'zbekistonga oson raqib tushdi? Raqibni mensimaslik mumkin emas"

Iskandarov Abdulaziz
29 yanv 2024, 20:15
Tajribali mutaxassis, "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyi Yorqin Nazarov Tailand bilan o'yin oldidan jamoalarning imkoniyatini baholadi.

"Hammamiz nimchorak finalda oson raqib tushdi, deb o'ylayapmiz. Lekin raqibni mensimaslik mumkin emas. Tailand futboli ham o'zgaryapti. Xorijlik murabbiylar kelib ishlayapti. Xudo xohlasa, bu jamoa to'sig'idan o'tamiz. 

Srechko Katanets raqib kim bo'lishidan qatiy nazar maydonga jangovar tarkibni tushiradi va shunday o'yin talab qiladi. Tarkibda rotaciyalar bo'lsa ham o'yin uslubimiz o'zgarmaydi. Tailand bilan asosiy tarkibda kimlar tushishi qiziq. O'zbekistonda teng kuchli 2ta tarkib bor, futbolchilar bir-birini o'rnini to'ldira olishadi.

Terma jamoamizda oldingi chiziqda kuchli ijrochilar bor va ular keskinlik yarata olishadi. Futbolchilarimizga ishonaman. Fikrimcha, yigitlar vaziyatni ekstra-taymlargacha olib borishmaydi va asosiy vaqtda hal qilishadi. Omad yor bo'lsin",- deydi Yorqin Nazarov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia