Yordi Kroyff Messining "Barsa"dan ketishi haqida: "Bunday bo'lmasligi uchun duo qilaman. Umid qilamanki, u o'ylab ko'radi"

Alisher
21 avg 2020
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Shenchjen"ni boshqarayotgan Yordi Kroyff forvard Lionel Messining Kataloniyadan ketishi mumkinligi borasida gaplarga munosabat bildirdi.

- Messining yozda ketishidan qo'rqmaysizmi?

- Bu narsa ro'y bermasligi uchun duo qilaman. Umid qilamanki, uni klubdagi muvaffaqiyati uchun 3 yil vaqt kerak emasligini aytib ko'ndirishadi va u o'ylab ko'radi, - deydi Kroyff.


Eslatib o'tamiz, kecha Lionel Messi Kuman bilan uchrashgani va "Barsa"dan ketishga qaror qilgani haqida xabarlar yangragandi.


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com