"YO, hudo, bizni ajratishmasa, Zlatan meni o'ldirib qo'yadi" - Roxo bir voqeani esladi

Mirjalol Normatov
5 avg 2020
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan bog'liq bir voqeani yodga oldi.

"Zlatan to'p bilan bo'lishni istardi. "Old Trafford"da hisob 0:1 turgan bir pallada Zlatan ochiq bo'lsa-da, to'pni o'yinchilar orasidagi Pogbaga oshirdim. Pol esa to'pni qizg'anib, raqiblarni aldab yurdi. Shunda Zlatan meni so'kishni boshladi.

Tinmay so'kayotgandi, shunda unga: "Ovozingni o'chir, kattaburun. Senga faqat to'p kerak", deb javob berdim. Birinchi bo'lim yakunlandi, barchamiz kiyim almashtirish xonasiga ketayotgandik. Bir vaqt Zlatan erda yotgan elim idishni tepib, asabiy holatda menga qaradi: "Menga hozir nima deding?".

Men ham joyimda to'xtab: "Sen menga nima deding?", deb javob qaytardim. 

Uning ko'zlariga qarab turardim va ichimdan: "YO hudo, bizni ajratinglar, bo'lmasa u meni o'ldirib qo'yadi", degan nidolar kelayotgandi. Kiyim almashtirish xonasidan hammadan asabiy Mourinyo chiqib keldi va barchamizni xonaga olib kirib ketdi. Yutdik va navbatdagi bosqichga o'tdik.

Ertasi kuni klub oshxonasida nonushta qilayotgan paytim kimdir tomog'imdan bo'g'di, hech nima qila olmadim, kimligini ham bilolmadim, gapira olmadim ham. Ortimdan: "Sen kecha menga nima deding?", degan ovoz keldi va u birdaniga tomog'imni qo'yib yubordi.

Oshxonadagi hamma kulib yubordi. Yaxshiki Zlatan xazillashgan ekan. Ibragimovichga hech kim gapira olmagan. Shu jumladan men ham", - dedi Roxo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express