Yerri Mina "Instagram"dan "Barselona" futbolchisi ekanligini bildiruvchi yozuvni olib tashladi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2018
"Barselona" himoyachisi Yerri Mina faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi o'z "Instagrami"dan u Kataloniya klubi futbolchisi ekanligini bildiruvchi yozuvni o'chirib tashladi va MYU akkauntiga obuna bo'ldi.

Oldinroq, "Lester Siti" himoyachisi Garri Maguayrni sotib ololmayotgan mankunianlar, "Barselona" futbolchisi uchun 40 mln. evro taklif qilgani xabar berilgan edi.

Yerri Minaga MYUdan tashqari "Everton" ham qiziqish bildirmoqda.

Kolumbiyalik futbolchi joriy yilning yanvar oyida 12 mln. evro evaziga "Palmeyras"dan "Barselona"ga o'tgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es