Yazguli Xo'jageldiev matbuot anjumanida deyarli gapirmadi

Aziz Tukhtamuradov
13 yanv 2019
Turkmaniston terma jamoasi ustozi Yazguli Xo'jageldiev O'zbekistondan uchralgan mag'lubiyatdan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Yazguli Xo'jageldiev: "Men faqat O'zbekistonni g'alaba bilan tabriklay olaman xolos".

- Terma jamoa asosan "Oltin Asr" futbolchilaridan tashkil topgan. Bu nima bilan bog'liq, chempionatda raqobatbardosh jamoa kammi yoki boshqa sabab?
- Turkmaniston terma jamoasi faqat bir klubdan tashkil topmagan.

- Yaponiya bilan yaxshi o'yin ko'rsatgandinglar. Bugun esa jamoani tanib bo'lmadi. Nima ro'y berdi?
- Buni tushuntirib berolmayman.

- Turkmaniston terma jamoasida uchinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bormi, nima deb o'ylaysiz?
- Ha, bor.

-Kuper O'zbekiston terma jamoasini himoyaviy o'ynatmoqda. Bunday uslubda o'ynaydigan jamoadan nega bunchalik ko'p gol o'tkazib yubordinglar?
- Hech narsani deyishni istamayman. Izohsiz qoldiraman.


Juda uzoq gapirishni "xush" ko'radigan murabbiy bilan matbuot anjumanida shu nuqtada tugadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia