Yaya va Kolo ture ukasining o'limiga qaramay, jahon chempionatida qolishadi

Tolibjon Qosimov
21 iyun 2014
Jahon chempionatida Kot-d'Ivuar safida to'p surayotgan aka-uka Yaya va Kolo Turelar ukasi Ibragim Oyala Turening vafot etganiga qaramay mundialda qolishga qaror qilishdi.
Ibragim 28 yoshida ankologik kasallik tufayli hayotdan ko'z yumdi.

Yaya Yaponiya va Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Kolo Ture esa ikki bor zaxirada qoldi. Kot-d'Ivuarning uchinchi o'yini 25 iyun kuni Gretsiyaga qarshi bo'ladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com