

"Ayni damda Ture terma jamoadagi faoliyatini yakunlash yoki davom ettirish haqida o'ylayapti. U bilan Londonda uchrashdim va Turega ishonayotganimni aytdim. Yaya terma jamoadagi faoliyatini davom ettiradi deb umid qilaman" - deydi Kot-d'Ivuara bosh murabbiyi Mishel Dyusse.



