Yaya Ture Kot-d’Ivuar terma jamoasidan ketdi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2016, 20:46
Manchester Siti yarim himoyachisi Yaya Ture Kot-d’Ivuar terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

33 yoshli afrikalik terma jamoada 100ta o'yin o'tkazgan va 19ta gol urgan. Ture terma jamoa bilan uch marta Afrika kubogi finaliga yetib borgan: bitta g'alaba va ikki mag'lubiyat.

Ture uch marta Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Uch marta ham Kot-d’Ivuar guruh bosqichidan chiqa olmagan.

Bu mavsumda Manchester Siti bosh murabbiy qaroriga ko'ra maydonga tushmayapti.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: officialyayatoure.com