Yaya Ture: “Gvardiola unga qo'yilgan asosiy vazifani uddalay olmayapti”

Eldor Akmurzayev
20 avg 2020
“Manchester Siti”ning sobiq a'zosi Yaya Turi klub ustozi Pep Gvardiola haqida fikr bildirdi.

“Murabbiyni Chempionlar Ligasi sovrinini qo'lga kiritish uchun taklif qilishdi. “Liverpul” va ushbu titulni yutgan boshqa jamoalarning transfer bozorida u qadar faol bo'lmaganini ko'rasiz, bu g'alati va hayron qoldiradi. Ayni vaqt Gvardiola unga qo'yilgan asosiy vazifani uddalay olmayapti.

Xosep ajoyib murabbiy ekanligini hamma biladi. Biroq, ishlar ko'ngildagidek bo'lmaganidan keyin bazida ishlash uslubini o'zgartirishingiz kerak bo'ladi. Kuzatamiz”, deydi Ture.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Daily