Yaya Ture faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

Alisher
28 iyul 2020, 14:31
"Barselona" va "Man Siti" sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, 37 yoshli ivuarlik futbolchining vakillari bir necha klublar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Qayd etish kerakki, Tureda Liga 1'da ishtirok etish bo'yicha tajriba bor. Futbolchi 2006/07 yilgi mavsumda "Monako"da to'p tepgan.

Eslatib o'tamiz, Yayaning so'nggi klubi Xitoyning "Cindao Xaynyu" bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport