Yaxshiboev o'ynayotgan "Shaxtyor"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Narzulla Saydullayev
6 sen 2020, 09:49
Belarusning "Shaxtyor" klubida yangi bosh murabbiy ish boshladi.

Jamoa sobiq murabbiyi Yuriy Vernidub oilaviy sabablarga ko'ra iste'foga chiqqandi.

Kecha ukrainalik Roman Grigorchuk "Shaxtyor" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning so'nggi ish joyi Qozog'istonning "Astana" klubi bo'lgandi. 2018-2020 yillarda Grigorchuk "Astana" bilan ikki marta mamlakat chempioni bo'ldi, Superkubokni qo'lga kiritdi va ikki marta Yevropa ligasi guruh bosqichiga chiqdi.

Ma'lumot uchun, "Shaxtyor" safida o'zbekistonlik Jasurbek Yaxshiboev to'p tepmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia