

23 yoshli futbolchi allaqachon Polsha klubi matbuot xizmatiga intervyu berishga ulgurdi:
"Belarus chempionatining o'tgan mavsumida hujumchi sifatida o'ynadim. Menga hujumkor o'yin uslubi yoqadi, o'zimni raqib yarim maydonida qulayroq his qilaman. "You tube" orqali "Legiya" haqida ko'p narsalarni bilib oldim. Bu yerda ajoyib muhit va jonkuyar muxlislar bor. Bilaman, klub Yevropa Chempionlar Ligasida ham o'ynagan.
O'zbekiston chempionatida ko'plab gollar urmaganimning sababi shundaki, "Paxtakor" safida o'ng qanot vingeri edim va o'yin amaliyoti juda kam edi. Shu tufayli o'zimni ko'rsata olmaganman".
Rasman: Jasur Yaxshiboev Polshaning 14 karra chempioni bilan shartnoma tuzdi



