Yarmolenko - MYUga qarshi o'yindan keyin: "APLga shikoyat xati bilan chiqaman"

Mirjalol Normatov
30 sen 2018
"Vest Xem" yarim himoyachisi Andrey Yarmolenko "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alaba borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Tushunmayman, nima uchun bu gol meniki emas. APLga shikoyat xati bilan chiqaman (kuladi). Bu biz, jamoa va muxlislarimiz uchun ajoyib kun edi. Chiroyli g'alabadan juda ham xursandmiz. Yaxshi o'yin ko'rsatdik. "Chelsi" bilan bahsga qaraganda bu safar hujumkor futbol namoyish qildik.

Bizda ko'plab iqtidorli futbolchilar bor. Shuning uchun ham duranglar emas faqatgina g'alabalar haqida o'ylash kerak. Futbol - faqatgina himoyada o'ynaladigan o'yin emas. Biz o'z o'yinimizni rivojlantirishimiz kerak", - dedi ukrainalik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports