Yaqin soatlarda BAA terma jamoasining yangi bosh murabbiyi e'lon qilinishi kutilmoqda

Iskandarov Abdulaziz
17 apr 2025
Xabaringiz bor, JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi BAA - KXDR uchrashuvidan so'ng amirliklarning portugaliyalik ustozi Paulu Bentu iste'foga chiqarilgan edi.

BAAning futbolga oid turli manbalarining yozishicha, yaqin soatlarda mamlakat futbol federatsiyasi ruminiyalik mutaxassis Kosmin Olariuni terma jamoa ustozi sifatida e'lon qilishi kutilmoqda. 

55 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Saudiya Arabistoni terma jamoasi,  "Al Hilol", "Al Ain", "Shabab Al Ahli" jamoalarida faoliyat olib borgan. Ayni paytda esa "Sharja" jamoasini boshqarmoqda. 

Jamoa jahon chempionati saralash bosqichi "A" guruhida BAA termasi 8 o'yindan so'ng 13 ochko jamg'argan holda 3-o'rinda bormoqda. Amirliklar navbatdagi uchrashuvni 5 iyun kuni o'z maydonida O'zbekistonga qarshi o'tkazadi, so'ngra Qirg'iz Respublikasiga safar uyushtiradi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia