Yaponiyalik futbolchi ayol erkaklar jamoasiga o'tdi

Alisher
11 sen 2020
Yaponiya ayollar terma jamoasi futbolchisi Yuki Nagasoto erkaklar jamoasiga o'tdi.

33 yoshli sportchi AQSHning "Chikago Red Starz" klubida so'nggi 3 yil davomida to'p tepdi va shundan so'ng vataniga, aniqrog'i Yaponiyaning "Xayabusa Eleven" jamoasiga ijara asosida o'tdi.

Yuki Yaponiyada erkaklar bilan o'ynaydigan ilk ayol futbolchiga aylandi. U 2010 yildan beri Yevropada to'p tepayotgan edi.

Takidlash kerakki, Kagasoto 2011 yilda Yaponiya bilan JCHda g'olib chiqqan.


AlisherMuallif
Manba: ESPN