Yaponiyalik futbolchi "Augsburg"ga o'tadi

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2016, 18:20
"Gamba Osaka" hujumchisi Takashi Usami iyun oyining oxirida Bundesligada ishtirok etuvchi "Augsburg"ga o'tadi.

Forvard tez orada nemis klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Usami Yaponiya chempionatining 16 uchrashuvida 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uning ligadagi so'nggi uchrashuvi "Nagoya Grampus"ga qarshi bo'ladi.

24 yoshli futbolchi Bundesliga o'yinlarida avval ham ishtirok etgan. U 19 yoshligida "Bavariya" tomonidan ijaraga olingan va chempionatning 3 ta uchrashuvida maydonga tushishga muvaffaq bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Japan Times