Yaponiya Mo'g'ulistonni 14:0 hisobida mag'lub etdi, O'zbekiston o'z vaqtida bu jamoaga 15ta gol urgandi

Narzulla Saydullayev
30 mar 2021
JCH-2022 saralashi doirasidagi Mo'g'uliston - Yaponiya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"F" guruhi doirasidagi mazkur bahsda mehmonlar 14:0 hisobida g'alabaga erishishdi. Yaponiya 5ta o'yinning barchasida g'alabaga erishdi va 15 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi.

Ma'lumot uchun, 1998 yilgi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi Mo'g'ulistonni 15:0 hisobida taslim qilgandi. Aynan shu mag'lubiyat Mo'g'uliston uchun o'z tarixidagi eng yirigi bo'lib turibdi.


JCH-2022 saralashi

Mo'g'uliston - Yaponiya 0:14
Gollar:
Takumi Minamino - 13', Yuya Osako - 23', Daiti Kamada - 27', Xidemasa Morita - 33', Tuya avtogol - 39', Yuya Osako - 55', Sho Inagaki - 68', Junya Ito - 73', Kyogo Furuxashi - 78', Junya Ito - 79', Kyogo Furuxashi - 86', Takuma Asano - 90', Yuya Osako - 90', Sho Inagaki - 90'





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia