Yaponiya. Doston Tursunov jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida g'olib bo'ldi

Narzulla Saydullayev
17 fev 2019
Kecha Yaponiyaning "Renofa Yamaguchi" klubi o'z maydonida "Serezo Osaka" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Bahs taqdirini Yoshinori Ryoxei tomonidan 58-daqiqada urilgan gol hal qildi - 1:0. "Renofa" safida hamyurtimiz Doston Tursunov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 82-daqiqada almashtirildi. U 30-daqiqada ogohlantirish oldi. 

11 fevral kuni "Renofa" "Sanfrechche Xirosima" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 0:1 hisobida yutqazgandi.


O'rtoqlik uchrashuvi
16 fevral 2019 yil
"Renofa Yamaguchi" - "Serezo Osaka" 1:0
Gol:
Yoshinori Ryoxei 58

Ma'lumot uchun, Yaponiya birinchi ligasida yangi mavsum 24 fevral kuni boshlanadi. Shu kuni "Renofa Yamaguchi" o'z uyida "Kashiva Reysol"ni qabul qiladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia