Yap Stam MLSda ish boshlaydi

Eldor Akmurzayev
21 may 2020
Niderlandiyalik sobiq futbolchi murabbiylik faoliyatini AQSHda davom ettiradi.

“De Telegraaf” manbasiga ko'ra, Stam “Cincinnati” jamoasini boshqaradi. Manbaga ko'ra, klubda unga sobiq assistenti Said Bakkati ko'maklashadi. Yapning so'nggi ish joyi “Feyenoord” (2019) bo'lgandi. 

Koronavirus pandemiyasi oldidan MLS joriy mavsumining 2 turi o'tkazildi. “Cincinnati” esa ularda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, jadvalda 24 o'rinda turibdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: De Telegraaf