Yanuzay Dortmundning "Borussiya"si safida birinchi golini urdi (video)

Aslanov Jasurbek
9 sen 2015
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi, ijara asosida Dortmundning "Borussiya"siga o'tgan Adnan Yanuzay klubdagi birinchi o'yinidayoq o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi.

"Borussiya"ning 14 futbolchisi milliy terma jamoalarga chaqirilgan edi. Dortmundliklar Gamburgda ikkinchi Bundesliga vakili "Sankt-Pauli"ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Gonsalo Kastro va Yanuzayning gollari "Borussiya"ga g'alaba keltirdi, raqib safida Fabris Piko o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.


Adnan Yanuzayning goli TAS-IX



TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com