Yanuzayning otasi: "Biz Belgiyaga emas, Belgiya bizga qiziqyapti"

Tolibjon Qosimov
17 okt 2013
Adnan Yanuzayning otasi Belgiya bosh murabbiyi Mark Vilmotsning uning o'g'li haqidagi fikrlaridan jaxli chiqib ketgan.
"Bu pastkashlik! Biz hali biror marta Belgiya futbol Federatsiyasining xat, xabarlariga ham, qo'ng'iroqdariga ham javob berganimiz yo'q. Ular Yanuzay termada o'ynashishi istashyapti, biz emas", dedi katta Yanuzay.

Avvalroq Vilmton Adnanning Bellgiya termasida o'ynash-o'namasligi haqidagi savolga hech kim bilan, hech qanday muzokara olib bormayotgani va umuman bu futbolchini tanimasligini takidlagandi.

"Men hech qanday muzokaralar olib borayotganim yo'q. Yigitcha Belgiyada tug'ilgan ekanmi? Jamoada o'ynamoqchimi? Yana qanaqa muammo va taklif bo'lishi mumkin?!"

"Real hayotda haqiqatdan ham shunday bolakay bormi? O'ynagisi kelyaptimi? Ajoyib! Menga uni ko'rsating".

Agar sen "Manchester Yunayted"da o'ynasang ham, avval nimalarga qodir ekaningni ko'rsat. Agar menga kerak bo'lib qolsang chaqiraman. Hozir esa, Yanuzayi bilan ham, boshqachi bilan ham qiziqayotganim yo'q", degan edi Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru