Yannik Ferreyra-Karrasko "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
21 okt 2016, 15:33
"Atletiko" yarim himoyachisi Yannik Ferreyra-Karrasko klub bilan yangi bitim imzoladi.

Bu haqda "Atletiko" "Tvitteri" xabar berdi.

Ferreyra-Karrasko va "Atletiko" o'rtasidagi yangi shartnoma 2022 yilgacha amal qiladi.

Yarim himoyachi joriy mavsumda La Liganing 8 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia