

Oldinroq "Al Hilol" Mbappe uchun PSJga rekord darajada 300 mln evro taklif qilgani, Saudiya Arabistoni klubi esa fransiyalik hujumchiga yiliga 700 mln evro to'lashga tayyorligi ma'lum bo'lgandi. Biroq OAV xabarlariga ko'ra, Mbappe Saudiya Arabistonida o'ynashni istamayapti.

"Al Hilol", meni olishing mumkin. Men Mbappega o'xshayman", – deb yozdi Adetokunbo.
Mbappening o'zi esa basketbolchining postiga kulib turgan emojilar bilan munosabat bildirdi.



