“Yangier-quruvchi” yana bir xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

Iskandarov Abdulaziz
22 iyul 2022
Pro liga ishtirokchisi “Yangier-quruvchi” klubi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni olib bormoqda.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, jamoa 24 iyul kuni “Surxon” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.  Shuningdek, 27 iyul kuni “Mashal” bilan o'ynasa, 30 iyul kuni yana bir xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Shu kuni yangierliklar Tojikiston Oliy ligasi ishtirokchisi “Istaravshan” bilan bahslashadi. 

Ma'lumot uchun, jamoa davralar oralig'i vaqtida “Neftchi” (1:3) hamda “Ravshan” (6:2) jamoalariga qarshi o'ynagan edi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia