"Yangier-quruvchi" 5 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022
Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Yangier-quruvchi" o'z tarkibini kuchaytirishga bel bog'lagan.

Jamoa davralar oralig'idan unumli foydalanib, 5 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. 

Xususan Jonibek Mirzaqulov Husan Olimjonov, Abdumalik Toshpo'latov (hammasi - "Mashal"), Xurshid Asqaraliev ("Shahrixonchi") va Islom Baratov ("Sho'rtan") bilan shartnoma imzolandi.

Bugun jamoa Qibrayda "Surxon" bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Bellashuv soat 21:00da boshlanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia