Yangi Zelandiya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi

Aslanov Jasurbek
23 noya 2017
Yangi Zelandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Entoni Xadson jamoani JCH-2018ga olib chiqolmaganidan so'ng o'z vazifasini tark etdi.

Zelandiyaliklar ikki uchrashuv natijasiga ko'ra Peruga mag'lub bo'lishdi. 36 yoshli mutaxassis 2013 yildan beri Yangi Zelandiya jamoasida ishlab ketayotgandi.

"Jahon chempionati saralash bahsida o'z maqsadimizga erisha olmaganimizdan xafamiz. Biroq futbolchilar va xodimlar bilan faxrlanaman. Ular ahil bo'lishdi, g'urur bilan o'ynashdi.

Jamoa so'nggi uch yildan bosib o'tgan yo'li bilan faxrlanaman va men ishlagan vaqtimda kelajak uchun asos qo'yildi deb umid qilaman. Bunga shubham yo'q. Yangi Zelandiya xalqaro arenada katta muvaffaqiyatlarga erisha oladigan ajoyib jamoa" - deydi Xadson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com