Yangi Zelandiya hujumchisi: "Rossiya terma jamoasidan faqat Jirkovni bilaman"

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2017
2011-2013 yillarda "Alaniya"da to'p tepgan Yangi Zelandiya hujumchisi Kosta Barbaruses Rossiya terma jamoasidan faqat Yuriy Jirkovni tanishini aytdi.

"To'g'risini aytsam Rossiya terma jamoasidan hech kimni tanimayman, faqat Jirkovni bilaman. Bir necha yil avval "Alaniya"da o'ynaganman. Albatta, o'sha vaqtdagi yigitlarni va murabbiymiz Valeriy Gazzaev esimda. Xubulov yodimda. Biz ikkinchi divizionda o'ynardik. Jismoniy jihatdan juda og'ir edi" - deydi Barbaruses.

Yangi Zelandiya Konfederatsiyalar Kubogida "A" guruhida Rossiya, Portugaliya va Meksika bilan o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com