Yana boshlandi! "Liverpul" avtobusi "Old Trafford" yo'lida to'sib qo'yildi

Mirjalol Normatov
13 may 2021
Bugun APLning 34-turi doirasida qoldirilgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvi bo'lib o'tishi kerak.

Ammo Mersisayd klubi "Old Trafford"ga yetib kelish davomida ko'plab qiyinchiliklarga duch keldi. Klub avtobusi MYU muxlislari tomonidan to'xtatib qo'yildi. Ammo keyinchalik policiya yo'lni tozalab berdi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, "Old Trafford"ga yaqin hududda "Manchester Yunayted" muxlislari yana namoyish boshlashgan. Biroq policiya qo'ldan kelgancha aholini stadion yaqiniga yaqinlashtirmayapti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal