

Bu haqida nemis jamoasining sport direktori Maks Eberl ma'lum qildi.
U biz bilan ishlash niyati yo'qligini ochiqchasiga ma'lum qildi. Shundan so'ng uni bosh murabbiy postiga tayinlash borasida muzokaralar olib bormadik. Jamoamizga mos tushadigan murabbiy izlashda davom etamiz, - dedi direktor.
Ma'lumot uchun, Yoaxim Lyov 2006-2021 yillar oralig'ida Germaniya terma jamoasini boshqargan. Uning qo'l ostida nemislar 2014 yilda Jahon chempionligini qo'lga kiritishgan.



