

"Bu uchrashuvga g'alaba qozonish kayfiyati bilan borish kerak. "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alaba bizga kuch va ishonch beradi. "Yunayted"ni mag'lub etganimizdan keyin bizga e'tibor kuchayganidan mamnunman, biz shunga loyiqmiz va bu normal holat eb bilaman.
Tezkor o'yin bo'ladi, bu "Liverpul"ning uslubi, ularda tezlik yuqori darajada. Ularning bunday o'yin uslubini o'tgan mavsumda ham ko'rgandik, hozir esa ular yanada kuchaygan. Ularning hujumlarini qaytarish esa juda ham qiyin bo'lishi mumkin.
Safardagi o'yinlarning natijasini yaxshilashimiz kerak. Biroq buni "Enfild"da bajarish qiyin bo'lishini tushunyapman", - dedi Xyuton.



