Xvicha Kvaratsxeliyaning agentining gaplari futbolchining transferini barbod qilishi mumkin

Khoja
17 iyun 2024
Napoli futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliyaning agenti Mamuka Jugeli mijozini Italiyadan ketishi haqidagi gaplariga klub tomonidan rasmiy bayonot berildi.

Odamlar Xvichani yangi mavsumda ham Napolida qolishiga umid qilmasliklarini so'ragan bo'lardim. Biz ketishni istaymiz. Barchasi Evrodan so'ng hal bo'ladi. Hozircha uni chalg'itish niyatida emasmiz. Uning yangi jamoasi ECHLda o'ynaydigan klub bo'ladi, - deb fikr bildirgan Xvicha Kvaratsxeliyaning agenti.

Bu gaplarga o'z navbatida Napoli matbuot xizmati tomonidan tezda rasmiy bayonot berildi.

Xvicha Kvaratsxeliyaning agenti va otasiga shuni eslatib qo'ymoqchimizki, uning Napoli bilan tuzgan yana uch yillik shartnomasi bor. Biz uni joriy yilgi transfer bozoriga qo'ymaganmiz, uni sotish niyatida ham emasmiz. Hech bir agent yoki ota bizning futbolchilarimizning kelajagini hal qilmaydi. Xvicha Kvaratsxeliyaning Napoli bilan tuzgan shartnomasi bor! Gap tomom, - deyilgan bayonotda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com