Xurshid Tojiboev: “Biz 2-turda o'zimiz kutgan darajada ochko to'play olmadik”

Narzulla Saydullayev
15 noya 2021
Futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasi bellashuvlarining 2-tur bahslari poyoniga etdi.

Xo'sh, ortda qolgan tur yakunlari bo'yicha “Navbahor-Lochinlari” futzal klubi bosh murabbiyi Xurshid Tojiboevning fikrlariga quloq tutdik.

“To'g'risi, biz ortda qolgan o'yinlarga puhta tayyorgarlik ko'rgandik. Afsuski, natijalarimiz biz o'ylagandan ham pastroq bo'ldi. Deylik, birinchi turda 7 ochko to'plashni maqsad qilgandik, biroq 4 ochkoga ega bo'ldik. Ikkinchi tuda esa kuchli jamoalarga qarshi o'yinlar kutib turgandi. Shunga qaramay, darajamizdan kelib chiqib o'ynadik. Qisqasi, dastlabki ikki turda ko'rsatgan o'yinlarimizdan xulosa chiqargan holda keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.

Mavsum avvalida tarkibga asosan mahalliy futbolchilarni to'pladik. Borlari bilan o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazdik. Hozircha o'yinchilarimiz yomon harakat qilgani yo'q. Ammo kamchiliklarimiz ham bor. Deylik, bizda asosan zal va bazamiz yo'qligi muammo bo'lmoqda.

Bilasiz, bizda asosan mahalliy bollar to'p tepmoqda. Yulduz futbolchilar deyarli yo'q. Tarkibimizdagi bolalarni tarbiyalab, ularni yaxshi klublarga yo'l olishini istaymiz.
Bu yil "Navbaxor – Lochinlari”ga hech qanday vazifa kuyilmagan. Lekin mavsumni ko'tarinka kayfiyatda to'p tepgan holda natijalarimizni yaxshilamoqchimiz. Shu orqali futzalga bo'lgan e'tiborni oshirmoqchimiz", - deydi Xurshid Tojiboev. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia