Xummels: "Reynjers"ga o'tgan haftadayoq yutqazgandik"

Alisher
25 fev 2022, 18:47
Dortmundning "Borussiya" jamoasi himoyachisi Mats Xummels jamoaning Yevropa Ligasidan chiqib ketgani haqida gapirdi.

Dortmund jamoasi "Reynjers"ga ikki o'yin natijasiga ko'ra, 4:6 hisobida yutqazdi.

"Bir nechta sabablar bor. Birinchi bo'limda ularni qatiy chiziqda ushlab turdik. Ammo, ikkinchi taymga juda yomon holatda chiqdik. Men ularning goliga olib kelgan xatoga yo'l qo'ydim. Biz o'yin qo'limizda deb o'yladik.

Ammo, biz ushbu qarama-qarshilikni bu yerda boy bermadik, bu o'tgan hafta Dortmundda sodir bo'lgandi", - deydi Xummels.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com