Xummels: “Men “Liverpul”ning deyarli barcha o'yinlarini ko'raman”

Aslanov Jasurbek
11 fev 2017, 01:53
“Bavariya” himoyachisi Mats Xummelsning aytishicha, u bilan “Borussiya” Dortmundda birga ishlagan, ayni paytda “Liverpul”ni boshqarayotgan Yurgen Klopp jamoasining deyarli har bir uchrashuvini kuzatib boradi.

“Vaqtim bo'ldi deganda albatta, “Liverpul” ishtirokidagi o'yinlarni qoldirmay ko'rib boraman. Ayni paytda uning jamoasi natijalaridan xafaman. Sababi jamoa Angliya kubogi va Liga kubogidan chiqib ketdi.

Men Kloppni qo'llab qo'vvatlayman va unga barcha yaxshiliklarni tilayman. Hozir “Liverpul”da og'ir vaziyat”, deydi Xummels.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo