

Xabaringiz bo'lsa kerak, Namangan viloyati, Uychi tumanining jamoasi bo'lmish “Xotira-79”ni chempionatga Nozim Mullaoxunov tayyorlagandi. Ammo oradan hech qancha vaqt o'tmasdan rahbariyat bosh murabbiyni o'zgartirishga qaror qildi. Yangi bosh murabbiy Naufal Boboevga ham Uychida ishlash uzoq vaqt nasib etmadi. Jamoa raisi Nosirjon Sultonovning saytimizga ma'lum qilishicha, Naufal Baxtiyorovich “Xotira-79”ning safarda “Zomin”ga qarshi o'yinidan oldin iste'foga chiqqan. Natijada Zominga bosh murabbiysiz borgan “Xotira-79” o'z darvozasidan javobsiz naqd 8ta (!) to'p o'tkazib yuborib, yirik hisobda mag'lub bo'lgan.
Jamoa rahbariyatining ma'lum qilishicha, hozircha jamoaning navbatdagi bosh murabbiyi kim bo'lishi aniq emas.



