Xosep Gvardiola: "Silvaning o'rniga Gyundogan tushadi"
Narzulla Saydullayev
17 sen 2016
"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola APL 5-turidan o'rin olgan "Bornmut"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Silva ikki kun oldin jarohat oldi, shu bois maydonga tushmasa kerak. Katta ehtimol bilan uning o'rnini Gyundogan egallaydi. Kompani hali maydonga qaytishga tayyor emas", - deydi Gvardiola Marca nashriga.