Xosep Gvardiola: “Saudiya transfer bozorini o'zgartirib yubordi”

Alisher
30 iyul 2023
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Saudiya Arabistoni jamoalarining olib borayotgan transfer siyosati haqida gapirdi.

 “Biz Riyad Marezning o'rniga boshqa futbolchi qidirmadik. Saudiya transfer bozorini o'zgartirib yubordi. Bir necha oy avval u erga Ronaldu ko'chib o'tganida ko'pchilik saudiyaliklar bu darajada ko'p top futbolchini olib ketishini o'ylamagandi. Bundan keyin futbolchilarning oqimi Saudiyada yanada ko'payadi deb o'ylayman”, - dedi Gvardiola.


AlisherMuallif
Manba: championat.com