Xosep Gvardiola: “Durang bizni qoniqtiradi”

Alisher
10 may 2023, 09:22
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Real Madrid”ga qarshi birinchi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

 “Toni Kroos biz o'ylaganimizdan ko'proq himoyada harakat qilishimizga majbur qildi. Agar u markazda o'ynamaganda himoyada kamroq harakat qilgan bo'lar edik. Men bugungi durangdan qoniqish hosil qildim. Biz o'yini yana bir bor ko'rib chiqamiz. 

Menimcha, biz yanada ko'proq bosim qilishimiz mumkin edi. Menda javob o'yini uchun bir nechta g'oyalar bor. Biroq birinchi o'yini boshqatdan ko'rishimiz kerak”,-dedi “Shaharliklar” bosh murabbiyi. 

Eslatib o'tamiz, javob o'yini 17 may kuni bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia